"Borussiya" Dortmund to‘puraridan ayrildi, yana bir futbolchisi esa mavsum oxirigacha safdan chiqdi
"Borussiya" Dortmund klubi bosh murabbiyi Lyusen Favr “Bavariya”ga qarshi o‘yinda jarohat olgan hujumchi Erling Xoland va yarim himoyachi Maxmud Daudning ahvoli haqida gapirib o‘tdi.
Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, norvegiyalik futbolchi jiddiy jarohat olmagan, ammo shunga qaramasdan u Bundesliganing 30-turidan o‘rin olgan "Paderborn"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.
Germaniyalik futbolchi uchun esa mavsum muddatidan avval yakunlandi. U qolgan bellashuvlarda jamoaga yordam berolmaydi.
"Paderborn" - "Borussiya" Dortmund bahsi 31 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Fikrlar