"Borussiya" Dortmund Yusufni tarkibda saqlab qolishga urunmoqda
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchi Yusuf Mukoko bilan shartnomani uzaytirishdan umidini uzmayapti.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, germaniyalik futbolchi Dortmund klubi rahbariyati va bosh murabbiy Edin Terzich bilan o‘zaro munosabatlari a’lo darajada bo‘lgani bois ham “Borussiya” kelishuvni uzaytirish mumkinligiga ishonmoqda.
Manbaga ko‘ra, agar klub dekabr oyi oxirigacha Yusufning shaxsiy talablarini qondira olsa, futbolchi jamoada qolishi mumkin. Aks holda, Mukoko yanvar oyidan boshlab boshqa klublar bilan muzokara o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi xizmatlariga Londonning "Chelsi" va Kataloniyaning "Barselona" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar