"Borussiya" Dortmundga PSJ futbolchisi kerak
PSJ klubi o‘ng qanot himoyachisi Tomas Mene "Borussiya" Dortmundning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Goal.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra nemis grandi 28 yoshli belgiyalik futbolchi bilan allaqachon bog‘lanishgan. Hozirda “Borussiya” uning vakillari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Aytish kerakki, Menening parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va shu bois u “Borussiya”ga tekinga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Mene joriy mavsum PSJ safida jami 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi esa 30 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar