"Borussiya" etakchilari "Bavariya"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishlari mumkin
Bild nashri xabariga ko‘ra, Dortmundning "Borussiya" klubi "Bavariya"ga qarshi o‘yinda ikki asosiy futbolchisidan foydalana olmasligi mumkin.
Gap yarim himoyachi Jeydon Sancho va jamoa sardori Marko Roys haqida ketmoqda. Ikkala futbolchida ham kichik jarohat borligi aytilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Sanchoning maydonga tushishiga o‘yindan oldin qaror beriladi, Roys esa o‘yinni muhlislar qatorida ko‘rishi aniq bo‘lgan.

Fikrlar