"Borussiya" finalda mag‘lub bo‘lib, ko‘proq pul ishlab topdi

  • 3 iyun, 2024, 17:18
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shanba kungi uchrashuvda ustunlik qilganiga qaramay, "Borussiya" Dortmund Chempionlar Ligasi finalida "Real Madrid" ga qarshi o‘yinda 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Gollar Dani Karvaxal va Vinisius tomonidan kiritildi.

Tecno

Dortmundliklar mag‘lubiyati tufayli ikkinchi o‘rin sifatida 14,5 million evro ishlab oldi. "Real" esa 20 mln evro mukofot puliga ega bo‘ldi.

Biroq bu hali hammasi emas. Bellingem sababli "Borussiya D" ko‘proq pulga ega chiqdi.
 
Gap shundaki, o‘tgan yili 20 yoshli futbolchi Madridga 95 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Nemis nashri "Ruhr Nachrichten"ning xabar berishicha, tomonlar o‘rtasidagi kelishuvning bandlariga ko‘ra, Bellingem kubokni qo‘lga kiritgach, Madrid klubi qo‘shimcha 5 million evro to‘lashga majbur.

Bundan tashqari, Bellingem Chempionlar Ligasining ramziy jamoasiga kiritilgani sababli nemis klubi qo‘shimcha 2 million evro ishlab oladi.

Shu tariqa, nemis grandi o‘z g‘aznasiga umumiy hisobda 21.5 million evro qo‘shib oldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!