«Borussiya» Myonxengladbax Bundesligada ketma-ket oltinchi mag‘lubiyatini qabul qildi

  • 18.10.2026 22:56
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya chempionatining 6-turida «Xoffenxaym» safarda Mönxengladbaxning «Borussiya» klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Bambaze Konte mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng mezbonlar hujumda faolroq harakat qila boshladi, ammo birinchi bo‘limda hisobni tenglashtira olmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshlanganidan keyin «Borussiya» o‘yinni kuchaytirdi va 49-daqiqada Vael’ Moxiya gol urib, hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Biroq Aleksandr Prassning goli «Xoffenxaym»ga yana ustunlikni qaytardi. Mezbonlar hisobni tenglashtirishga urindi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi.

Shu tariqa, Mönxengladbax jamoasi Bundesligada ketma-ket oltinchi mag‘lubiyatini qabul qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!