
"Borussiya" o‘z maydonida "Kyoln" tor-mor keltirdi va Bundesligada uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi
Dortmundning "Borussiya" klubi Germaniya chempionati 19-turi doirasida "Signal Iduna Park"da "Kyoln"ni qabul qildi va yirik hisobda mag‘lub etdi.
Ushbu o‘yinda dortmundliklarning norvegiyalik yosh hujumchisi Erling Xoland dubl qayd etdi.
"Borussiya Dortmund" – Byurki, Xummels, Pishchek, Akandji, Xakimi, Brandt, Vittsel, Roys (Daud, 80), Sancho (Reyna, 89), Azar (Xoland, 65), Gerreyru.
"Kyoln" - Xorn, Yakobs, Bornauv, Exizibue (Modest, 74), Xektor, Chixos, Sxiri, Katterbax, Kordoba, Ut (Redjbechay, 80), Tilmann (Kaynts, 46).
Gollar: 1:0 – 1 Gerreyru, 2:0 – 29 Roys, 3:0 – 48 Sancho, 3:1 – 64 Ut, 4:1 – 77 Xoland, 5:1 – 87 Xoland.
Fikrlar