"Borussiya" o‘z tarixidagi eng qimmat transferga qo‘l urdi
"Ayaks" klubi forvardi Sebastyan Aller "Borussiya" futbolchisiga aylanish arafasida.
Dortmundliklar 28 yoshli Kot-d'Ivuarlik o‘yinchini 35 million evro evaziga sotib oldi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Ushbu xarid dortmundliklar tarixidagi eng qimmat transferga aylandi.
Manbalarning xabariga ko‘ra, nemis klubi u bilan allaqachon shartnoma imzolab ulgurgan. Ayni vaqtda tibbiy ko‘rikdan o‘tish hamda shartnomaga imzo chekish ishlari qolgan.

Fikrlar