
"Borussiya" Sancho uchun "Barsa"dan zo‘r o‘rinbosar topib qo‘ydi
"Borussiya Dortmund" "Barselona"ning yosh vingeri Ansu Fatiga qiziqish bildirmoqda.
Dortmundliklar 17 yoshli ispaniyalik futbolchini yozda klubni tark etishi kutilayotgan Jeydon Sanchoning o‘ribosari sifatida ko‘rishmoqda.
O‘z navbatida kataloniyaliklar Fatini ijaraga berish yoki qayta sotib olish huquqi bilan transferga qo‘yishga tayyorligi xabar qilingan edi.
Sanchonig "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi. Oldinroq, nemis klubi sport ishlari direktori Maykl Tsork moliyaviy inqiroz ortidan angliyalik futbolchi uchun taklif olmaganini ta’kidlab o‘tgan edi.
Fikrlar