"Borussiya" Sanchoni sotishga tayyor!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchisi Jeydon Sancho mavsum yakunlanganidan so‘ng, jamoani tark etishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, dortmundliklar yarim himoyachini yozda sotib yuborishga qarshi emas. Bunga sabab qilib, nemislar Erling Hollandni xarid qilganliklari ko‘rsatilmoqda.

Sanchoning klub bilan 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnomasi bor. "Borussiya" rahbariyati yarim himoyachini o‘z vatani Angliyaga qaytish istagi borligini yaxshi biladi.

Shu qatorda, "Borussiya" klubi futbolchining transferidan 100 mln funt ishlab olmoqchi. Yarim himoyachiga "Manchester Yunayted" asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!