Boshqa chidab bo‘lmaydi. “Arsenal” O‘zilni haydayapti

  • 10 avgust, 2020, 19:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” murabbiylar shtabi Mesut O‘zilni muhitni buzishda ayblamoqda va uning jamoani tark etishini intizorlik bilan kutmoqda.  

Bosh murabbiy Mikel Arteta germaniyalik futbolchini yangi mavsum rejalariga kiritmaydigan bo‘ldi va hatto, uni mashg‘ulotlarga ham jalb etmaslik yo‘lini qidirmoqda. Haftasiga 350 ming funt maosh olayotgan tajribali pleymeyker esa jamoadan ketmoqchi emas va boshqa klubga o‘tish bo‘yicha takliflarning barchasini rad etmoqda. Uning shartnomasi 2021 yilning yozigacha davom etadi.

Endi “Arsenal” rahbariyati O‘zil jamoadan ketishi uchun shartnomasi bo‘yicha maoshini birdan to‘lab bermoqchi. Agar shu qaror amalga oshadigan bo‘lsa, O‘zilga 18 million funt beriladi va u ko‘chaga quviladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!