
Boyib ketgan “Nyukasl” “Yuve” bilan MYu futbolchisini talashmoqda
Ketma-ket ikkinchi mavsum “Manchester Yunayted” asosiy tarkibiga kira olmayotgan Donni van de Bek faoliyatini boshqa jamoada davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Manbalarning xabar qilishicha, niderlandiyalik pleymeykerga “Yuventus” anchadan beri xaridor bo‘lmoqda. Turinliklar sport direktori Federiko Kerubini o‘yinchi agentlari bilan aloqani ushlab turibdi.
Saudiyalik investorlar boshqaruviga o‘tganidan keyin “Nyukasl” ham ushbu iqtidorli o‘yinchiga og‘iz sola boshladi.
O‘z davrida “Ayaks” etakchisi bo‘lgan Donni van de Bek “Manchester Yunayted”ga katta umidlar bilan kelgandi. Biroq, jamoadagi ichki raqobatda o‘zini ko‘rsata olmagan futbolchi bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsherning ishonchini qozona olmadi. 24 yoshli futbolchi joriy mavsumda atigi uch marta maydonga tushdi.
Fikrlar