Brazil endi "Dinamo"da o'ynaydi. Ammo u braziliyalik emas, balki...
Ayni paytda BAAda yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Dinamo" klubi ham qishki seleksiya ishlarini jadal olib bormoqda.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, 2026 yildgi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirayotgan «Dinamo» PFK legioner futbolchi bilan kelishuvga erishganini ma’lum qiladi.
Dubayda yig‘in o‘tkazayotgan samarqandliklar safiga urugvaylik Mauro Brazil kelib qo‘shildi.
26 yoshli legioner himoyachi bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Mauroning so‘nggi klubi Urugvay chempionati vakili «Serro-Largo» klubi bo‘lib, 2025 yilda Klausurada 5-o‘rinni egallagan.
Mauro Brazil o‘z vaqtida Urugvay U20 yoshlar jamoasi safida 10 ta o‘yinda maydonga tushgan. Shuningdek, u Urugvay milliy jamoasiga ham chaqirilgan bo‘lib, debyutini 2024 yilda Kosta-Rikaga qarshi bahsda (0:0) o‘tkazib, markaziy himoyada harakat qilgan.
Mauro Brazil – «Dinamo» tarixidagi urugvaylik ilk o‘yinchiga aylandi. Ishonamizki, Brazil barchaning ishonchini oqlaydi va Samarqand klubida katta muvaffaqiyatlarga erishadi, - deyiladi klub matbuot xizmatining xabarida.
Bienvenido, Mauro Brasil!
Ma’lumotnoma:
Mauro Alejandro Brazil
Tug‘ilgan joyi: Montevideo, Urugvay.
Tug‘ilgan sanasi: 27 aprel, 1999 yil
Ampluasi: Markaziy himoyachi.
Bosh murabbiy Vadim Abramovning ushbu legionerdan ham umidi katta. Lotin Amerikasidan taklif qilingan ushbu futbolchining nimlarga qodiroligini albatta chempionat davomida ko‘ramiz.
Fikrlar