Braziliya futbolchilariga katta va’da berildi!

  • 01.04.2026 18:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Braziliya milliy terma jamoasi futbolchilari 2026 yildgi jahon chempionatida g‘alaba qozo nsa, katta miqdorda mukofot olishlari mumkin.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) har bir futbolchiga chempionlik qo‘lga kiritilgan taqdirda taxminan 1 million dollar to‘lashni rejalashtirmoqda.

Xabar qilinishicha, ehtimoliy bonuslar muhokamasi allaqachon ilg‘or bosqichga chiqqan, muzokaralarda esa terma jamoa yetakchilari — Alisson, Danilo, Markinyos va Kazemiro ishtirok etayotgan i aytilmoqda.

Hozircha bu ma’lumot rasm an tasdiqlanmagan, ammo jahon chempionati oldidan bu mavzu Braziliya ommaviy axborot vositalarida faol muhokama qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “JCh-2026” 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.  Braziliya “C” guruhida  Marokash, Gaiti hamda Shotlandiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Braziliyaliklar turnirdagi ilk uchrashuvini 13 iyun kuni  AQShda Marokashga qarshi o‘tkazadi. 20 iyun kuni jamoa Filadelfiyada Gaiti bilan, 24 iyun kuni esa Mayamida Shotlandiya bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!