Braziliya terma jamoasi a’zosi futboldan umrbod chetlatilishi mumkin

  • 6 oktabr, 2024, 12:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vest Xem"ning hujumkor yarim himoyachisi Lukas Paketa kelasi yil mart oyida o‘yinlarga pul tikish ayblovlari bo‘yicha sudlanadi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "bolg‘achilar" braziliyalik futbolchining o‘yiniga ta’sir qilishi mumkinligi sabab bu ish bo‘yicha sud mavsum davomida bo‘lib o‘tishidan norozi bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Angliya futbol assotsiaciyasi Paketani to‘rtta holatda oldindan pul tikish shartlariga erishish uchun maydonda qasddan qilingan harakatlarda ayblagan edi. Ta’kidlanishicha, 27 yoshli yarim himoyachi bir umrga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. "Vest Xem" esa o‘z futbolchisini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!