Braziliya terma jamoasi yetakchisi Shotlandiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

  • 21.06.2026 02:47
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Boshqalar
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya terma jamoasi vingeri Rafinya Jahon chempionatining guruh bosqichidagi Shotlandiyaga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi.

Jurnalist Fabrizio Romanoning ma'lum qilishicha, futbolchining o'ng son qismi mushaklarida jarohat aniqlandi. Bu holat terma jamoa tibbiy shtabi tomonidan o'tkazilgan tekshiruvlardan so'ng tasdiqlangan.

Rafinya "JCh-2026" doirasidagi Gaitiga qarshi uchrashuvning 40-daqiqasida jarohat olgan holda maydonni tark etgan edi. Uchrashuv Braziliyaning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.

Ma'lum qilinishicha, futbolchi terma jamoa qarorgohida qoladi va tiklanish jarayonini boshlaydi. U musobaqaning keyingi bosqichlarigacha safga qaytishga harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, Braziliya — Shotlandiya uchrashuvi 25 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da bo'lib o'tadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!