Brazilia terma jamoasi uchun katta yo‘qotish

  • 14.02.2026 14:56
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Braziliya terma jamoasi va &quot,N'yukasl&quot, klubi yarim himoyachisi Brunu Gimaraesh uzoq muddatga safdan chiqdi.

&quot,N'yukasl&quot, yetakchisi  Brunu Gimaraesh Angliya Premier-ligasining 26-turidan o'rin olgan &quot,Tottenxem&quot,ga qarshi o'yinda jarohat olgan edi. Jarohat sabab futbolchi o'yinni oxirigacha davom ettira olmay almashtirilgandi. Xavbek tibbiy qo'rikdan o'tdi va natijada uning tizza osti paylarida jiddiy jarohat borligi aniqlandi. Brunu kamida ikki oy terma jamoa va klubga yordam bera olmasligi ma'lum bo'ldi. Futbolchining &quot,hakkalar&quot, bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi. Nufuzli &quot,Transfermarkt&quot, portali Brununi 75 million yevroga baholamoqda.

Ma'lumot uchun, 28 yoshli xavbek joriy mavsumda umumiy 35ta uchrashuvda maydonga tushib, 9ta gol va 6ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!