Braziliya terma jamoasining Marokashga qarshi o‘yini APL klubiga qimmatga tushdi

  • 28 mart, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem"ning braziliyalik himoyachisi Emerson Royal terma jamoa qarorgohida jarohat oldi.

Tecno

25 mart kuni bo‘lib o‘tgan Marokash terma jamoasiga qarshi o‘yin nafaqat Braziliyaning mag‘lubiyati bilan yakunlandi (1:2), balki shu kuni Emerson ham jarohat oldi.

Football London nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi kamida olti hafta davomida maydonga tusha olmaydi. Bundan tashqari reabilitatsiya jarayonida 24 yosh futbolchi operatsiya qilinishi ham belgilangan. Qayd etilishicha, Royal allaqachon “shporlar” qarorgohiga qaytgan.

Emerson Royal joriy mavsum “shporlar” safida jami 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!