Braziliyaga gol urgan Saybari superklub bilan muzokara boshladi

  • 14.06.2026 08:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Ismaël Saybari «Bavariya» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqida insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoq X orqali xabar berdi. Jahon chempionati — 2026ning ilk turida futbolchi Braziliya terma jamoasi darvozasiga gol urdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Bellashuv AQShning Ist-Raterford shahrida joylashgan «Metlayf» stadionida bo‘lib o‘tmoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Bavariya» Saybari bo‘yicha muzokaralarni angliyalik Entoni Gordon transferi amalga oshmay qolganidan so‘ng boshlagan. Gordon oxir-oqibat «Barselona» safiga qo‘shildi. Xabar qilinishicha, PSV o‘z futbolchisini juda yuqori baholamoqda, myunxenlik klub esa niderlandiyaliklardan ehtimoliy transfer narxi bo‘yicha rasmiy javob kutmoqda.

Romano ma’lumoticha, Saybarining o‘zi ham «Bavariya»ga o‘tish istagini bildirgan. Futbolchilarning bozor qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali 25 yoshli yarim himoyachini 40 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!