Braziliyaga supergol urgan futbolchi “Liverpul” va yana uchta top klubdan taklif oldi
Angliya Premier-ligasida yuqori o‘rinlar uchun kurashishni maqsadi qilgan “Liverpul” kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish uchun “Maynts” yarim himoyachisi Kaisyu Sano uchun kurashga qo‘shildi.
Yaponiyalik futbolchiga ayni paytda “Manchester Yunayted”, “Arsenal” va Dortmundning “Borussiya” klubi ham jiddiy da’vogarlik qilmoqda.
Kaisyu Sanga bo‘lgan qiziqish jahon chempionatining pley-off bosqichidan keyin keskin oshib ketdi. 25 yoshli futbolchi mundialning 1/16 finalida Braziliya terma jamoasiga uzoq masofadan gol urdi va hammaning e’tiborini qozondi.
2024 yilning yozidan beri Germaniya chempionatida “Maynts” sharafini himoya qilib kelayotgan futbolchining amladagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etadi. Nemis klubi o‘z o‘yinchisi transferini 50-60 million yevro atrofida baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Kaisyu Sano o‘z jamoasi tarkibida barcha turnirlarda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol va beshta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar