Braziliyalik Bruno Jahon chempionatining eng yaxshi assistenti bo‘lib turibdi

  • 30.06.2026 01:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bruno Gimaraes Jahon chempionatida eng ko‘p golli uzatma bergan futbolchilar ro‘yxatida yakka peshqadam bo‘lib turibdi.
⠀
&quotNyukasl&quot futbolchisi Yaponiya qarshi 1/16 final bahsida (2:1) 95-daqiqada Gabriyel Martinelliga golli uzatmani amalga oshirdi. Aynan shu gol Braziliyaga g‘alaba keltirdi.
⠀
Bundan tashqari, Gimaraes Marokashga qarshi uchrashuvda (1:1) bitta, Shotlandiya bilan bahsda (3:0) esa ikkita golli uzatma bergan. Shu tariqa, uning hisobida musobaqada jami 4 ta assist mavjud.
⠀
Undan keyingi o‘rinlarda Frantsiya terma jamoasi vakili Maykl Olise hamda Shvetsiya hujumchisi Aleksander Isak 3 tadan golli uzatma bilan bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!