Braziliyalik futbolchi tez orada Frantsiya fuqaroligini oladi

  • 15.03.2019 21:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ klubining braziliyalik himoyachisi Tyago Silva tez orada Frantsiya fuqaroligini oladi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar bermoqda.

Shundan so‘ng u Evropa ittifoqi fuqarosiga aylanadi va PSJ safida legioner maqomidan chiqariladi. Qoidaga ko‘ra jamoada legioner futbolchilar soni 4tadan oshmasligi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli futbolchi parijliklar safida 7 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Braziliya terma jamoasi safida esa 77ta o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!