Braziliyalik posbon rekord o‘rnatdi
"Fluminense" posboni Fabio professional futbolchilar orasida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha rekord qayd etdi.
Gap shundaki, kiper Janubiy Amerika kubogining 1/8 final bosqichida Kolumbiyaning "Amerika De Kali" jamoasiga qarshi baxs Fabio uchun foliyatidagi 1391-o‘yin bo‘ldi.Bu ko‘rsatkich bo‘yicha braziliyalik futbolchi 1966 yildan 1997 yilgacha professional faoliyat olib borgan Angliya terma jamoasi sobiq darvozaboni Piter Shiltonni (1390 ta o‘yin) ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, Fabio professional faoliyatini 1997 yilda boshlagan. U 3 marta Braziliya chempionligini qo‘lga kiritgan.



Fikrlar