Brendan Allen: “Rene de Ridder meni hayratda qoldirmaydi”

  • 19.10.2025 00:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Amerikalik MMA ustasi Brendan Allen bo‘lajak raqibi Rene de Ridder bilan kechadigan jang oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi. 

“Ridderning natijalari meni hayratda qoldirmaydi. U kuchli, chidamli, yaxshi jiu-jitsu mahoratiga ega. Ammo bundan boshqa uning nimasi bor?! Balki meni hayron qoldirish qiyindir", — dedi Allen "MMA Junkie" nashriga bergan intervyusida.

Avvaliga, Rene amerikalik Entoni Ernandesga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi, biroq Ernandes jarohati sabab qatnasha olmadi. Brendan esa qisqa muddatda jangni qabul qilib, o‘rnini to‘ldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!