Brendan Allen UFC sobiq chempioni bilan jang qilmoqchi
Agar Brendan Allen "UFC Vegas 122" turnirida Kristian Dunkanni mag‘lub etsa, UFC sobiq chempioni Drikus Dyu Plessiga qarshi oktagonga chiqmoqchi.
"Eshitishimcha, Hamzat Chimaev Shon Striklend va Nassurdin Imamov o‘rtasidagi jang g‘olibi bilan uchrashadi, shuning uchun men Dunkanni mag‘lub etsam, keyingi mantiqiy raqibim Drikus Dyu Plessi bo‘ladi", - dedi amerikalik matbuotga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Dyu Plessi va Brendan Allen UFC ning o‘rta vazn toifasi reytingida ikkinchi va beshinchi o‘rinlarni egalab turibdi.

Fikrlar