Britaniyalik bokschi UFC jangchisini qo‘rqoq deb atadi

  • 26.03.2020 10:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Britaniyalik og‘ir vaznli bokschi Dillian Uayt UFC da jang o‘tkazmoqchi.

"Ha, men UFC da jang qilmoqchiman. Birinchisi boks, ikkinchisi esa MMA qoidalariga ko‘ra, Dana Uaytga men bilan bog‘lanishini ayting. Men Ngannu bilan to‘qnash kelishni istayman. Uning iyagi zaif, u qo‘rqoq. Ishoning, Frensisni nokautga uchratgan bo‘lardim.

Agar, ilk jang MMA bo‘yicha bo‘lishini xohlasangiz, buni amalga oshiramiz. Boks birinchi bo‘lsa, yanada yaxshi. Kikboksing hatto muaytay bo‘yicha jang o‘tkazishga ham rozi bo‘laman. Men uchta jang uchun shartnoma tuzishga tayyorman ”,- dedi Uayt.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!