Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Brunu Fernandes «Barselona»dan taklif kutmoqda

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Brunu Fernandes «Manchester Yunayted»dan ketib, «Barselona»ga o‘tishi mumkin, u kataloniyaliklardan rasmiy taklif kutmoqda.

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh jamoani tark etishi mumkin. Bu haqida insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi «Barselona»dan taklif kutayotgani aytilmoqda. Yarim himoyachining kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Hozircha «Manchester Yunayted» va «Barselona» o‘rtasida futbolchi transferi bo‘yicha hech qanday kelishuv mavjud emas.

Joriy mavsumda Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted» safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «qizil iblislar» bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q