Brunu Fernandes APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Bilolbek Imomov
Portugaliyalik futbolchi bir necha yulduzlarni ortda qoldirdi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Angliya Premier ligasining 2025/26 yildgi mavsumida eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Portugaliyalik futbolchi muxlislar va ekspertlar oʻrtasidagi ovoz berish natijalariga koʻra gʻolib boʻldi. U "Arsenal" himoyachisi Gabriyel Magalyas, "Nottingem Forest" vakili Morgan Gibbs-Uayt, "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand, "Arsenal" futbolchilari David Raya va Deklan Rays, shuningdek Antuan Semenyo hamda Igor Tiagoni ortda qoldirdi.
Eslatib oʻtamiz, Brunu Fernandesh joriy mavsum APLda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Izohlar (0)