Brunu Fernandes Gvardiolaga jamoasiga qarshi oʻyinlarda rekord oʻrnatdi

  • 18.01.2026 17:55
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Gvardiola jamoalariga qarshi oʻyinlarda oʻziga xos natija qayd etdi.

Mankuniyanliklar sardori Brunu Fernandesh "Manchester Siti"ga qarshi derbining qahramonlaridan biriga aylandi. Uchrashuvning 65-daqiqasida uning uzatmasidan soʻng Brayan Mbemo gol urib hisobni ochgan edi. Taʼkidlanishicha, Fernandesh Premyer-ligada Xosep Gvardiolaning "Manchester Siti"siga qarshi oʻyinida golli vaziyat yaratish boʻyicha yetakchiga aylanish oldi. U "shaharliklar" bilan oʻyinda toʻrtta gol+assist qayd etdi. Bungacha rekordchilar, Son Xin Min va Raul Ximenes edi. Ular hisobida 3tadan gol+pas bor. 

Maʼlumot uchun, Gvardiola "Manchester Siti"ni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Brunu esa "qizil iblislar" safiga 2020 yilda kelib qoʻshilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!