Brunu Fernandes ketadigan bo‘ldi
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh shu mavsum yakunlangach, jamoani tark etishi kutilmoqda.
Indykaila nashri ma’lumotlariga koʻra, 32 yoshli portugaliyalik futbolchi kelasi yozda manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi tugagach, erkin agent sifatida klubdan ketadi. Manbaga koʻra, u «Manchester Yunayted» bilan yangi shartnoma imzolash niyatida emas.
Eslatib oʻtamiz, Fernandesh 2020 yil yanvaridan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda. Avvalroq ommaviy axborot vositalarida La Liga jamoalari va Saudiya Arabistoni klublari uni oʻz safiga qoʻshib olishga qiziqayapti, degan xabarlar paydo boʻlgan edi.
Joriy mavsumda Brunu Fernandesh Angliya chempionati doirasida «Manchester Yunayted» tarkibida olti uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va bir bor hamkorlariga golli pas yoʻlladi.

Fikrlar