Brunu Fernandes: "Keyn "Tottenxem"da qolsa, APLning eng yaxshi toʻpurari boʻlardi"
"Manchester Yunayted" sardori Bruno Fernandes "Bavariya" safida harakat qilayotgan Harri Keynning faoliyati haqida gapirdi.
"Agar Keyn "Tottenxem"da qolganida, u APLning barcha davrlardagi eng yaxshi to'purariga aylangan bo'lardi. U holda u afsona bo'laridimi deyishingiz mumkin. Ha bo'lardi. Ammo "Bavariya"ga o'tish yaxshi qaror, chunki endi u eng muhim sovrinlarni qo'lga kiritish mumkinligini biladi. U "Tottenxem"dagi kabi ko'p gol urishi va endi "Oltin to'p" uchun ham kurashishi mumkin", - dedi portugalialik futbolchi.
Ma'lumot uchun, angliyalik futbolchi 2023 yilda "shporlar" safida nemis grandi safiga borib qo'shilgandi.
Fikrlar