Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Brunu Fernandes «Manchester Yunayted» klubini tark etishi mumkin

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh murabbiy Karrik bilan munosabatlar yomonlashgani sabab qishki oynda klubni tark etishi mumkin.

«Manchester Yunayted» jamoasining yarim himoyachisi va sardori Brunu Fernandesh qishki transfer oynasida klubni tark etishi mumkin. 

Manba ma'lumotiga ko‘ra, futbolchi bilan jamoa bosh murabbiyi Maykl Karrik o‘rtasidagi munosabatlar tobora sovuqlashmoqda. Klub rahbariyati bu vaziyatda murabbiyni qo‘llab-quvvatlagani, Fernandesh esa endilikda jamoada «dahlsiz» futbolchi sifatida ko‘rilmayotgani aytilmoqda. Portugaliyalik futbolchiga Saudiya Arabistonining bir nechta klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shuningdek, Brunu Fernandesh avvalroq «Manchester Yunayted» bosh murabbiyin omma oldida tanqid qilgan edi.

Joriy mavsumda 32 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalar doirasida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bir bor golli uzatma muallifiga aylandi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyunida nihoyasiga yetadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q