Bu aqlga sig‘maydigan narsa! Husanovning sobiq klubiga Angliyadan g‘alati taklif keldi
Frantsiyaning vitse-chempioni «Lans» klubi prezidenti Jozef Ugurlyan uning jamoasiga Angliya klublaridan biri farm-klub bo‘lish taklifini bildirganini ma’lum qildi.
Inglizlarning bu talabi, klub rahbarining g‘azabini keltirdi. Unga ko‘ra, bu variant mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan yo‘l hisoblanadi.
- Bu mutlaqo aqlga sig‘maydigan narsa! Ha, bizga bunday taklif bo‘lgan, lekin men hech qachon bunday yo‘lni ko‘rib ham chiqmayman. Bu klubning DNKsiга zid.
Qachongacha kuchimiz yetishidan qat’iy nazar, biz bunday narsaga rozilik bermaymiz. Balki menda aqliy jihatdan nimadir yetishmas, lekin shaxsan men bu ligamiz uchun juda qayg‘uli holat, deb o‘ylayman.
Biz – Frantsiyamiz, jahon chempionati yarim finaliga chiqqan mamlakatmiz, dunyoda eng ko‘p futbolchi tayyorlaydigan yurtmiz.
Biz APL uchun «B liga»ga aylanish emas, undan ham yuqori maqsadlarga intilishimiz kerak!, — deya Jozef Ugurlyanning so‘zlarini L'Equipe nashri keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2025/2026 yildgi mavsumda «Lans» Frantsiya kubogini qo‘lga kiritdi va Liga 1 chempionatida 2-o‘rinni egalladi.
Ta’kidlash joizki, Frantsiya klublari Evropaning top-ligalaridagi klublar uchun iste’dodlarni tarbiyalab beradigan o‘ziga xos fabrikaga aylanish ulgurgan.
Xususan, bugungi kunda jahon futbolida eng zo‘r himoyachilardan biri sifatida e’tirof etilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham aynan Liga 1 to‘qnashuvlarida yetilgan charm to‘p ustalaridan hisoblanadi.
«Lans» klubi Adiqodirni 2023 yilning yozida Belarusning «Energetik-BGU» klubidan transfer qildi. Husanov aynan mana shu jamoa safida «ko‘hna qit’a»ning top-ligasi darajasida debut qildi, Evropa chempionlar ligasida o‘ynadi, haqiqiy Evropa futbolidan bahramand bo‘ldi.
Lansliklar safida bir yarim yil o‘ynab, o‘z salohiyatini namoyish qilgan o‘zbek futbolchisini 2025 yilning 20 yanvarida «Manchester Siti» 50 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi.

Fikrlar