Bu futbolchi 100 millionlik transferni oqlamoqchi
“Manchester Yunayted” yuz million evro evaziga “Ayaks”dan Antonini transfer qildi. 22 yoshli braziliyalik hujumchi Angliya premer-ligasiga katta umidlar bilan keldi.
- “Ayaks”da Erik ten Xag qo‘l ostidagi faoliyatim mening professional faoliyatimning o‘sishiga ijobiy ta’sir qildi. Uning futboldagi va murabbiy sifatidagi usuli yangi qirralarimni ochib bergan.
Uning “Manchester Yunayted” va jamoa kelajagi haqidagi rejalaridan ta’sirlandim.
“Ayaks”dagi davrim zo‘r o‘tdi va menga ishonch bildirishgani uchun doimo minnatdor bo‘lib qolaman. Endi yangi chaqiruvga tayyorman. Yangi jamoadoshlarim safiga qo‘shilish va “Manchester Yunayted”ning muvaffaqiyatli erasini yaratishga hissa qo‘shishga shoshilyapman, - dedi Antoni.
Fikrlar