Bu futbolchi “Barsa”ning armoniga aylandi

  • 20 sentabr, 2020, 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” ikki marotaba murojaat qilganiga qaramay, “Norvich” himoyachisi Maksimilian Aaronsni qo‘lga kirita olmadi.

Tecno

“Norvich” 20 yoshli futbolchiga kelayotgan takliflarni rad etmoqda. Xususan, kataloniyaliklar o‘ng qanot himoyachidan ishonchli o‘yin namoyish etayotgan Aarons uchun 21,8 million evro va qo‘shimcha bonuslar taklif qilgandi.

Aarons “Norvich” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2018 yili asosiy tarkibda debyut qilgan edi. O‘tgan mavsumda yosh futbolchi jami 40 ta uchrashuv o‘tkazdi va ikki marta golli pas uzatdi.

120430.986234.3896

Angliya yoshlar terma jamoasi safida ham o‘ynayotgan himoyachiga “Barselona”dan tashqari, Evropa chempionlar ligasi g‘olibi “Bavariya” ham ko‘z tikmoqda.

Messi “Barsa” ixtiyoridan ketadi

Messi “el-klasiko”da o‘ynamaydi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!