
Messi “el-klasiko”da o‘ynamaydi
Ispaniya chempionatining eng keskin va murosasiz uchrashuvi – “el-klasiko”da Lionel Messi “Barselona”ga yordam bera olmasligi mumkin.
Chunki Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabi Messini 2022 yilgi jahon chempionati saralash musobaqasi doirasidagi uchrashuvlarga jalb etishni rejalashtirgan. Agar Messi 8 va 13 oktyabr kunlari Ekvador va Boliviyaga qarshi uchrashuvlarda qatnashadigan bo‘lsa, vataniga musobaqadan ikki hafta oldin borib, karantinda o‘tirishi kerak.
Bundan tashqari, Lionel Messi terma jamoa ixtiyoridan Ispaniyaga qaytganidan keyin ham 14 kunlik karantinga olinadi. Chunki Ispaniya hukumati Janubiy Amerika mamlakatlaridan kelganlar uchun majburiy karantin joriy qilmoqda. Messi Argentinadan eng tez qaytgan taqdirda ham, Kataloniyaga 14 oktyabr kuni etib keladi.
Shuning uchun, Lionel Messi 18 oktyabrda “Xetafe”, 25 oktyabrda “Real” va 1 noyabrda “Alaves” bilan bo‘ladigan o‘yinlarda qatnasha olmaydi.
Fikrlar