Bu futbolchi sotilmaydi! Manchesterliklarning qarori qat’iy

  • 21.07.2026 23:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi mavsumda Yevropa Chempionlar digasida ishtirok etadigan “Manchester Yunayted” bu yozda o‘zining qanot hujumchisi Amad Dialloni sotish imkoniyatini istisno qildi.

Yaqinda matbuotda Amadga “Nyukasl” qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Klub “Barselona”ga sotilgan Entoni Gordonning o‘rniga yangi futbolchi izlamoqda.

Biroq jurnalist Fabrizio Romanoning ta’kidlashicha, “Manchester Yunayted” 24 yoshli ivuarlik futbolchiga bo‘lgan har qanday qiziqishni rad etadi. Chunki u bosh murabbiy Maykl Kerrikning yangi mavsum uchun rejalariда muhim o‘rin tutadi.

“Manchester Yunayted” yana yanvar oyidayoq Amadning vakillari bilan bog‘lanib, futbolchini sotish rejasi yo‘qligini ma’lum qilgan. Uning shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi va yana 12 oyga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.

O‘tgan mavsum Amad Angliya Premer-ligasida 32 uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!