
Bu futbolchi yulduzlik kasaliga chalindi: Angliya terma jamoasida ziddiyatlar kuchaymoqda!
Angliya terma jamoasi Germaniyadagi Evropa chempionatida finalda ishtirok etganiga qaramay, juda ko‘p tanqidlarga uchradi.
Garet Sautgeyt ustozlik qilgan jamoaning o‘yini butun musobaqa davomida muxlisu mutaxassislar e’tiroziga sabab bo‘ldi.
Endi ma’lum bo‘lishicha, jamoada ichki muhit ko‘ngildagidek bo‘lmagan. Hozir ham ayrim futbolchilarda norozilik kayfiyoti oshib boryapti.
The Independent nashrining yozishicha, aksariyat futbolchilarga Jud Bellingemning o‘zini tutishi yoqmayapti. Ko‘pchilikni fikriga ko‘ra, “Real” o‘yinchisini terma jamoada sun’iy tarzda va juda erta etakchiga aylantirib qo‘yishdi.
Qolaversa, 20 yoshli futbol etakchilik mas’uliyatini bo‘yniga olgani yo‘q va bu boradagi vazifalarini bajarishni istmayapti.
Jud Evropa chempionati finalidan keyin jamoadoshlarini tanqid qilgani, angliyaliklik jurnalistlar bilan muloqot qilmagani va boshqalarga nisbatan takabburlik qilayotgani ham ko‘pchilikka yoqmayapti.
Shunga qaramay, Bellingemga ishonch bildirayotganlar ham bor. Jud terma jamoada Harri Keyn va Trent Aleksander-Arnold bilan juda yaxshi chiqishadi.
Endi bu Angliya terma jamoasi ichida yuzaga kelayotgan bu ziddiyatlarni yangi bosh murabbiy hal etishi kerak bo‘ladi.
Fikrlar