Bu futbolchining narxi oshib ketdi

  • 10.10.2021 23:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” mutasaddilari “Bayer” yarim himoyachisi Florin Virtts transferi bo‘yicha ish boshlash arafasida turibdi.

Xosep Gvardiola Bundesligada ajoyib o‘yin namoyish etayotgan yosh futbolchini Angliyaga ko‘chirib kelmoqchi.

18 yoshli Virttsga “Bavariya” ham ko‘z tikmoqda. Lekin Myunxen klubi odatda transferlar uchun katta mablag‘ sarflamaydi. Qolaversa, “Bayer” rahbariyati grand klublar nishoniga tushgan vunderkindni ikki barobar qimmatiga sotmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, leverkuzenliklar Virtts uchun 90 million evro talab qilyapti. Transfermarkt portaliga ko‘ra, bu futbolchining haqiqiy  bahosi aslida ikki barobar arzon bo‘lishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!