Bu galgi summa juda katta! “Liverpul” orzusidagi oʻyinchi uchun uchinchi taklifni beradi
“Liverpul” rahbariyati “Brayton” vingeri Yankuba Minteni sotib olish bo‘yicha uchinchi taklif yuborish-yubormaslik masalasini hal qiladi.
Hozirga qadar “Brayton” mutasaddilari “Liverpul”ning Minte uchun 50 va 60 million funtlik ikkita taklifini rad etgan.
Talksport nashri ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan dam olish kunlari “Liverpul” Mintening o‘zi bilan ham muzokara o‘tkazgan. Bugun esa mersisaydliklar rahbariyati uchinchi urinishni amalga oshirish-oshirmaslikka qaror qiladi.
“Brayton”ga yaqin manba ma’lum qilishicha, klub liverpullliklarning 70 million funtlik taklifini qabul qilishi mumkin. Biroq “Liverpul” avval 22 yoshli gambiyalik futbolchi uchun summani 65 million funtgacha oshirishga urinib ko‘rishi mumkin.
PSJ ham Ibraima Mbaye uchun 70 million funt talab qilmoqda. Shu bois “Liverpul”ning narxi bir xil bo‘lgan ikki varianti bor.

Fikrlar