Asosiy mazmunga oʻtish

Bu ham zo‘r variant ekan. “Barsa” La Ligadan himoyachi topdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Arzon va sifatli

“Barselona” sport direktori Deku “Real Sosyedad” markaziy himoyachisi Xon Martinning agenti bilan uchrashuv o‘tkazdi. 20 yoshli futbolchining shartnomasida 50 million yevro tovon puli belgilangan bo‘lib, bu summa “Inter”dan Alessandro Bastonini xarid qilish uchun talab qilinadigan mablag‘dan kam.

Manbaga ko‘ra, milanliklar futbolchisi hali ham “Barselona”ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda va klub Bastoni bo‘yicha muzokaralarda ilgariilgan. Shu bilan birga, kataloniyaliklar muqobil variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda, Martin shulardan biri hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, Deku va agent o‘rtasidagi muzokaralar norasmiy xarakterga ega bo‘lib, bu “Barselona” tez orada rasmiy taklif qiladi, degani emas.

Joriy mavsumda Martin barcha musobaqalarda 29 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan. Uning klub bilan shartnomasi 2031 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 million yevroga teng

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q