Bu hujumchi kelsa, "Barsa"ga juda ko‘p gol urib beradi
«Barselona» yangi hujumchi izlamoqda. Klubning sobiq futbolchisi Jofre Mateu klubning yangi markaziy hujumchi xarid qilish rejalariга oʻz munosabatini bildirdi.
Tajribali mutaxassis kutilmagan nomzodni taklif etdi. Uning fikricha, kataloniyaliklar sport boʻlishi eʼtiborini «Sporting» safida toʻp surib kelayotgan Luis Suarezga qaratishi kerak.
- Masalan, «Sporting»da oʻynayotgan Luis Suarez varianti nisbatan arzon. Oʻylaymanki, u Olmo, Pedri va Lamin Yamal bilan birga hujum chizigʻiga juda katta taʼsir koʻrsata oladi.
Luis bir mavsumda 35 tadan koʻproq gol urishga qodir, — deb taʼkidladi Mateu.
Luis Suarez «Sporting» tarkibida 53 oʻyin oʻtkazgan. Shu vaqt ichida u 38 ta gol urgan va 9 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 30 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar