Bu ikki yulduzni “Barsa”dan tezroq yo‘qoting!
Kataloniyaning Mundo Deportivo gazetasi o‘zining pullik obunachilari orasida qiziqarli so‘rovnoma o‘tkazdi.
Unda jurnalistlar obunachilardan “Barselona” klubi qaysi futbolchidan qutilishi kerakligi haqidagi so‘rovnomada ovoz berishni taklif qildi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, “Barselona” ishqibozlarining aksariyati niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yongning javobini berish kerakligini ta’kidlagan. Uning ketishini so‘rab, respondentlarning 37,3 foizi ovoz bergan.
Bu borada ikkinchi o‘rinda urugvaylik markaziy himoyachi Ronald Arauho turibdi. Respondentlarning 32,3 foizi keyingi paytda ruhiyati bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan o‘yinchini klubjan tezroq ketkazish kerakligini bildirgan.
Joriy mavsumda 28 yoshli Frenki de Yong barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta golli uzatma berdi. 26 yoshli Arauho esa 15 ta o‘yinda ishtirok etib, ikki gol urdi.
Fikrlar