Bu ishda Neymar ustasifarang
“Chelsi” himoyachisi Kalidu Kulibali “Pari Sen-Jermen” hujumchisi Neymarning maydondagi harakatlarini maqtadi.
Senegallik futbolchining fikricha, Neymar ko‘p jarohat olishiga qaramay, zamonaviy futbolning eng yorqin vakillaridan hisoblanadi.
- Men PSJ bilan bo‘lgan bahsda Neymarga qarshi o‘ynaganman. U to‘p bilan muomala qilishda ustasifarang. Bundan tashqari, juda ko‘p aldamchi usullarni o‘zlashtirgan va aql bilan o‘ynaydi.
Neymar doimo raqibni aldab o‘tishga urinadi, to‘p uzatishi va zarbasi ham mukammal. Shuning uchun ham u eng zo‘r futbolchilardan biri, - dedi Kalidu Kulibali.
Fikrlar