Bu ishni faqat Messi uddaladi

  • 22 may, 2023, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yulduzi Lionel Messi ajoyib ko‘rsatkich qayd etdi. Argentinalik futbolchi kuchli beshlik chempionatlarida bir mavsumda 20 tadan gol va assist muallifi bo‘lgan yagona o‘yinchiga aylandi.

Tecno

Frantsiya chempionatining 36-turida parijliklar safar uchrashuvida “Oser” bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Kilian Mbappe urgan ikkita goldan bittasiga Lionel Messi assistentlik qildi.

Lionel Messiga 20 tadan gol va assist qayd etish uchun barcha turnirlarda 39 ta urashuv kifoya qildi. Evropaning kuchli beshlik ligalarida birorta futbolchi bunday natija qayd eta olmagan.

Shunga qaramay, argentinalik jahon chempioni kelasi mavsumda PSJda qolishi mavhum bo‘lib turibdi. Tez orada erkin agentga aylanadigan Messi hali kelajagi borasida bir qarorga kelgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!