
Bu ishni Muhammad Salohdan boshqasi uddalay olmagan
Muhammad Saloh Angliya premer-ligasining navbatdagi turida “Nyukasl” darvozasini ishg‘ol qildi. Shu orqali, misrlik futbolchi joriy mavsumda premer-ligadagi gollari sonini 20taga etkazib oldi.
Shu tariqa, Muhammad Saloh “Liverpul” tarixida uch mavsum davomida kamida 20 ta to‘p kiritgan birinchi futbolchiga aylandi.
Mohir to‘purar liverpulliklar tarkibida 2017-2018 yilgi mavsumda 32 ta, keyingi chempionatda 22 ta va o‘tgan yili 19 ta gol urgandi.
Avval, “Liverpul” futbolchilaridan faqatgina Robbi Fauler va Luis Suares ikki mavsumda kamida 20 tadan to‘p kiritgan edi.
Fikrlar