Bu jamoa Ronaldu uchun o‘z yulduzini “qurbon” qiladi!

  • 24 iyul, 2022, 19:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” klubi rahbariyati “Manchester Yunayted” to‘purari Krishtianu Ronalduni transfer qilish uchun jamoa yulduzi Antuan Grizmanndan voz kechishga qaror qildi, deb xabar tarqatdi The Times nashri.

Tecno

“Atletiko” bu transferni amalga oshirishi uchun maoshlar fondini engillashirishi talab etiladi. Shu bois ular katta maosh olayotgan Grizmanndan ayrilishga tayyor.

Aslida Grizmann “Barselona” futbolchisi hisoblanadi. Frantsiyalik hujumchi 2021 yilning yozidan beri Madrid klubida ijarada o‘ynayapti.

Yaqinda “Atletiko” Grizmanning ijara muddatini yana bir mavsum uzaytirgan edi. Antuanning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!