Bu kam, yana qo‘shing! Superklub turklarning 35 million evrolik taklifini rad etdi

  • 06.08.2026 20:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Galatasaroy» klubi «Milan» hujumchisi Rafael Leau transferi bo‘yicha rasm an ilk taklifini yo‘lladi. Goal nashri ma’lumoticha, Istanbul jamoasi portugaliyalik forvardni to‘liq sotib olish evaziga 35 million yevro taklif etgan.

«Milan» bu taklifni rad etgan. Milanliklar bu miqdorni kam deb hisoblamoqda va 27 yoshli Leauni kamida 50 million yevro atrofida baholamoqda. Shu bilan birga, klub hujumchini sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.

«Galatasaroy» taklif rad etilganidan so‘ng muzokaralarni davom ettirish uchun vaqt oldi. 

Yaqin kunlarda istanbulliklar «Milan»ga yana bir rasmiy taklif yo‘llashi kutilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, yangi taklif 40 million yevro atrofida bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!