Bu klubga adashib kelgansan, bizga o't!
Angliya Premier-ligasining kuchli jamoalaridan hisoblangan “Tottenxem” bu mavsum inqirozga yuz tutdi va quyi ligaga yo‘l ochadigan xavfli zonaga tushib qoldi.
Ekspertlarning taʼkidlashicha, agar jamoa Premier-ligadan chiqib ketsa, bir qator yetakchi oʻyinchilarini yoʻqotadi. Yevropa klublari jamoa atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda va kuchli futbolchilarga koʻz tikib turibdi.
Xususan, “Tottenxem”ning hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons London klubiga oʻtganidan atigi bir yil oʻtib, jamoasini oʻzgartirishi mumkin.
“Shporlar” tushib qolgan vaziyatdan kelib chiqib, Simonsning ham jamoadagi kelajagi mavhum boʻlib turibdi.
Jurnalist Ekrem Konurning X ijtimoiy tarmogʻidagi maʼlumotiga koʻra, niderlandiyalik futbolchini “Arsenal”, “Bavariya” va uning sobiq klubi “Pari Sen-Jermen” sotib olishga qiziqmoqda.
Transfer summasi 50 million evrodan oshishi mumkin. Xavi Simons oʻtgan yil avgust oyida “RB Leyptsig”dan “Tottenxem”ga 65 million evaziga oʻtgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 42 ta oʻyin oʻtkazib, oltita gol va yettita golli uzatma qayd etdi.
Fikrlar