Bu qimmatbaho yulduz Salohning o‘rnini bosadigan futbolchi emas!

  • 31.07.2026 07:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” afsonasi Jeymi Karrager PSJ hujumchisi Bredli Barkola klubni tark etgan to‘purar Muhammad Saloҳning munosib o‘rinbosari emasligini aytdi.

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, Barkola “Liverpul”ning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi. PSJ esa uni 145 million funtga baholamoqda.

Biroq Karragerning fikricha, “Liverpul”ning o‘ng qanotda yetarlicha futbolchilari bor, aksincha chap qanotda muammo kuzatilmoqda.

- Barkola Saloҳning o‘rnini bosadigan futbolchimi? Yo‘q. Chunki u butunlay boshqa qanotda o‘ynaydi!

Hozir jamoada chap qanotda o‘ynay oladigan uch nafar futbolchi bor: Rio Ngumoa, Kodi Gakpo va Virts. O‘ng qanotda esa hech kim yo‘q.

Rio doimo chap qanotda o‘ynagan, demak bu uning eng yaxshi pozitsiyasi. Gakpo ketishi kerak edi, lekin bu qanday bo‘lishini bilmaymiz. Virts qaerda o‘ynashini ham ko‘rish qiziq. Agar u “o‘ninchi raqam” bo‘lib o‘ynasa, Dominik Soboslay tayanч yarim himoyachiga aylanadi.

Bizga hozir o‘ng qanot vingeri juda kerak, - dedi Karrager.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!